Töğri kelgan narsani suriştirmay, öziniki qilib oliş, undan foydalaniş hayvonga xosdir. Inson halol haromni ajratişi bilan hayvondan farq qiladi. Musulmon kişi haromdan hazar qilişda öta mas'uliyatli bölişi kerak. Aks holda, uni dunyoda ham, oxiratda ham yomon oqibat kutadi.
Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) “Odamlarga bir zamon keladiki, unda kişi molni qanday qölga kiritganiga, haloldan yo haromdan topganiga e'tibor qilmaydi”, dedilar”.
Odamlar haqiqiy Islomdan uzoqlaşişi natijasida halol bilan haromni ajratiş göyoki ikkinçi darajaga tuşgandek. Mol-dunyo töplaş, yaxşi hayotga oson erişiş uçun ayrim kişilar haromdan, jinoyatdan, pastkaşlikdan tap tortmaydigan bölib qolişdi. Hatto halol yaşaşga uringan kişilarning ustidan kuliş, ularni kamsitiş oddiy holga aylandi. Oilani boqiş vazifamiz ekan deb, köçadan topganlarini, halolmi, harommi, suriştirmasdan olib kelib farzandlariga yediradigan ota-onalar ham bor.
Nohaq, harom yöllar bilan kasb qiliş ommaviylaşib ketsa, xunuk oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqidagi fikrlar ba'zi kişilar öylab topgan oddiy gaplar emas. Alloh taolo: “Mol(mulk)laringizni örtalaringizda botil (yöllar) bilan yemangiz!” (Baqara, 188), deb marhamat qiladi. Ya'ni, bir-biringizning molingizga, haqingizga xiyonat qilmang. Imom Qurtubiy oyatdagi “botil (yöl) bilan yemaslik”ka haromning barça turlari: qimor, aldamçilik, harom narsalarni sotib, harom kasb qilib mol, boylik topiş va boşqa şu kabilar kiradi, deganlar. Uşbu oyat tafsirida Ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadilar: “Alloh taolo kişini nohaq, yolğon qasam bilan birodarining molini öziniki qilib olişdan qaytardi. Birovning haqini yeyiş ikki xil böladi: zulm orqali – tortib oliş, xiyonat, öğrilik; hazil va öyin orqali – qimor va boşqa şunga öxşaş bekorçi ermaklar”.
Harom yeyiş, ya'ni, Alloh man qilgan narsalarning iste'moli dunyoning özida ham, oxiratda ham yomon oqibatlarga olib keladi.
Payğambarimiz (alayhissalom) aytganlar: “Bir kişi uzoq safar qiladi, soçi tözğib, ust boşi çang böladi, qöllarini osmonga çözib: “Yo Rabbim, Yo Rabbim...” deydi. Holbuki, yegani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan. Bas, uning duosi qanday ijobat bölsin?!” (Imom Muslim).
Hazrat Anas (roziyallohu anhu) Payğambarga (sollallohu alayhi va sallam): “Yo Rasululloh, meni duosi ijobat böladigan qilib qöying”, debdilar. U kişiga javoban Payğambarmiz (alayhissalom) “Luqmangizni halol qiling”, degan ekanlar.
Duo qabul bölişi uçun luqmaning halol bölişi şartligi uşbu hadislardan anglaşilib turibdi. Unda harom yeyişning dunyo va oxirat uçun eng birinçi yomon oqibati duoning qabul etilmasligi bölib çiqadi. Duoning qabul bölmasligida esa ibodat va boşqa yaxşi amallarning ham qabul bölmasligiga olib boriş xavfi bor. Alloh saqlasin!







