Avstraliyalik olimlar va san'atşunoslar fransuz rassomi Edgar Deganing “Ayol portreti” kartinasi böyoqlari ostida yaşirin tasvirni topişdi. Tadqiqot haqida Scientific Reports jurnalida ma'lumot berilgan.
Taxmin qilinişiça, bu tarh – musavvirning Emma Dobini portretini yaratişga uringanligidan dalolat. Olimlarning fikriça, Dega uni model quloqlarining noproporsional tasvirlanganligi tufayli yaşirişga qaror qilgan.

Yaşirin tasvir rentgenofluoressent tahlil orqali aniqlangan. Modelning aniq konturlarini körişga muvaffaq bölindi, biroq qöllangan usul yaşirin tasvirning rangini aniqlaşga imkon bermadi.
San'atşunoslar “Ayol portreti” ostida yaşirin tarhning mavjudligini 1922 yildan beri taxmin qilişardi. Öşanda birinçi marta polotnoda uning xira konturlari paydo böla boşlagandi.
Dega impressionizm klassiklaridan biri hisoblanadi. Rassomga italyan klassiklarning işlari katta ta'sir körsatgan. Dega kartinalarining sevimli motivlaridan biri kutilmagan vaziyatlarda aks ettirilgan ayollar bölgan.







