Tadbirkor Grem Xeyns özining navbatdagi xaridi haqida sözlab berdi – u Furniture.co.uk domenini 700 ming dollarga sotib oldi. .uk zonasi tarixida bu eng yirik bitim deya e'tirof etildi. Buyuk Britaniyaning milliy domeni 3-darajali domenlar katta qiymatga ega zonalardan biri hisoblanadi. 

Furniture.co.uk – Xeyns tomonidan sotib olingan birinçi “çiroyli” domen emas.  U tarmoqda biznesni rivojlantiriş uçun kalit sözlarga ega domenlarning qançalik qadr-qimmatga ega ekanligini yaxşi bilişini ta'kidlagan. Unga domenlar uçun juda katta pul sarflayotgani haqida bir neça marta aytilgan. 

Qölga kiritilgan domenlar tadbirkorga öz daromadlarini oşiriş imkonini berdi. 4 yil avval u 60 ming dollarga BedroomFurniture.co.uk va 90 ming dollarga AntiqueFurniture.com domenlarini sotib olgan hamda bu qarorlaridan afsuslanmagan. Masalan, Grem Xeyns BedroomFurniture.co.uk sayti orqali har yili umumiy qiymati 7 million dollardan ortiq bölgan mebellarni sotadi.