Hyundai kompaniyasi Genesis kupesini konveyerdan olişga qaror qildi. Bu haqda kompaniyaning AQŞdagi bölimi vakili Kristin Xinli bayonotiga iqtibos keltirgan holda Autoblog xabar bermoqda.
"Genesis kupesining 2016 yilgi model yili bu orqa privodli sportkupe uçun oxirgi yil böladi. Ayni vaqtda Genesis premial markasi ostida işlab çiqariladigan yangi mukammalroq va haşamatliroq kupe yaratilmoqda", deb aytdi Xinli.
Genesis modeli va şunday nomdagi alohida marka bilan çalkaşlik sababli mavjud modeldan voz keçişga qaror qilingan. Yangi kupe 2017 yildan keyin yana 5 ta yangi model bilan birga paydo böladi. Şuningdek, yangi maşina BMW M4 bilan raqobatlaşa oladigan "quvvatlangan" modifikatsiya oladi.
Yangi kupe 3,3 litrli biturbo, 6 silindrli, Genesis G90 sedanida ilk bor qöllangan dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel 370 ot kuçiga ega böladi va 8 poğonali "avtomat" uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi.







