«Mançester Yunayted» hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç Parijdan  Mançesterga öz avtomobillarini olib ötişga tayyorlanmoqda.

The Sun xabariga köra, 34 yoşli şvetsiyalik bu futbolçida qizil rangli Ferrari Enzo va qora rangdagi Porsche 918 Spyder rusumli avtomobillar mavjud. Uning bu avtoulovlarining jami bahosi 1,8 mln yevroni taşkil etadi.

Şuningdek, Zlatan Mançesterdan uy topgan. Bu uy uçun klub oyiga 24 ming yevro miqdorida ijara puli tölaydi.

«Zlatan uyda harbiy jang san'atlari bilan şuğullanişi uçun maşğulot zali bölişini istadi. Uning talablari qatorida «PSJ»da öynayotgan mahali sotib olgan maşinalarini olib kelib beriş ham bor edi. Siz uni şahar köçalarida qizil rangli Ferrari avtomobilida ketayotganida osongina tanib olişingiz mumkin böladi», – deya klubdagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan naşr.

Manba: Tribuna.uz