Istanbul sudi AQŞda istiqomat qiluvçi muxolifatçi Fathulloh Gulenni sirtdan hibs qilgan. Bu haqda Haberturk xabar tarqatgan.
Xabarda aytilişiça, bunga uning Turkiyadagi davlat töntarişiga uriniş taşkilotçisi deb topilgani sababdir.
Turkiya rasmiylari Gulenni töntarişning asosiy taşkilotçisi sifatida körsatib, AQŞdan 2 marta uni topşirişni söragan edi. Bunga javoban AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Gulenning bu işlarga aloqadorligini isbotlaydigan dalillarni taqdim etişni talab etdi.
Gulenning özi ayblovlarni inkor qilmoqda.
16 iyulga ötar keçasi yuz bergan isyondan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Gulen bilan aloqadorligi taxmin qilingan maktablarning barçasini yopişga buyurdi.







