Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev juma kuni Turkiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğanning matbuot xizmati xabar berdi.

"Prezident Erdöğanning taklifiga binoan 5 avgust kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiyaga keladi. Taşrif çoğida ikki prezident örtasida yuzma-yuz uçraşuv ötkaziladi, şuningdek ikki mamlakat delegatsiyalari muzokara qilişadi. Bizning strategik hamkorimiz bölmiş Qozoğiston bilan barça sohalarda, jumladan Turkiy tillarda sözlaşuvçi mamlakatlar hamkorligi kengaşi faoliyatini kengaytiriş masalasida muhokamalar ötkaziladi", — deyilgan Turkiya yetakçisi ma'muriyati xabarida.