Neyrofiziologlar quşlarning parvoz vaqtida miyani butkul öçirib, uxlay olişi haqidagi ma'lumotni tasdiqlaşdi. Buning uçun ular deyarli hayotining barça qismini samoda ötkazadigan fregatlarning miya faolligi darajasini örganib çiqişdi. Bu haqida Nature Communications jurnalida ma'lumot berildi.
“Fregatlar kuniga atigi bir soat miyani butkul öçirib uxlaşadi. Ular nima uçun bunçalik kam uxlaşadi va qanday qilib heç qanday muammosiz buning uddasidan çiqişadi – bu jumboqligiça qolmoqda”, - dedi Zeyevizendagi (Germaniya) Ornitologiya institutida faoliyat olib boruvçi Nils Rattenborg.
Rattenborg va uning hamkasblari fregatlarning xatti-harakatlarini va katta fregatlar miya faoliyatini kuzatib, quşlarning qanday qilib uxlaşi va keça-yu kunduz tinimsiz samoda parvoz qilişi sirlarini oçişga muvaffaq bölişdi.
Fregatlar köp bölgan Galapagos orollariga yöl olgan olimlar parvoz davomida fregatlarning miya faoliyatini kuzatişga imkon beruvçi maxsus qurilmani işlab çiqişdi va uni quşning boşiga mustahkamlaşdi. Olimlarning sözlariga köra, bunday “dubulğa”ga nafaqat elektroentsefalograf, balki GPS datçigi ham örnatilgan. Bu esa ornitologlarga fregatlarning qayerda bölgani va parvoz davomida nimalar qilganini aniqlaşga imkon beradi.
Quşlar ortga qaytganida maqola mualliflari ularning “dubulğa”lari yordamida töplangan ma'lumotlarni örganiş imkoniga ega bölişdi, ularni qiziq yangilik kutib turgandi – ma'lum bölişiça, fregatlar parvoz davomida miyani butkul öçirib qöyib, uxlay olişar, bu vaqtda havo oqimi ularni tepada saqlab turar ekan.
Bunday kaşfiyot olimlar uçun kutilmagan yangilik böldi – ördaklar va boşqa quşlarni kuzatiş işlari şuni körsatdiki, ular öng va çap yarim şarlarini navbatma-navbat öçirib qöyib, uyqusizlikdan qoçişar ekan. Şu bois olimlar “quşlar parvozda nazoratni qoçirmaslik uçun miyaning bitta yarim şari işlab turişi kerak”, deb hisoblaşardi.
Fregatlar bilan olib borilgan tadqiqot bunday tasavvurni inkor qildi. Olimlarning xulosasiga köra, fregatlar bir keça-kunduzda atigi bir soatgina miyani töliq öçirib, parvozda uxlaşar ekan.
Quşlarning qanday qilib bunday qila olişi hozirça noma'lum. Rattenborg boşçiligidagi guruh fregatlarni kuzatişda davom etib, mazkur savolga javob izlamoqda.







