Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi 2016-2017 yillar davomida Özbekistonda davlat xizmatlarining yagona portalini yaratadi. Bu haqda Sputniknews-uz.com xabar tarqatgan.
“Davlat xizmatlari portalining yangi körinişi davlat xizmatlari haqqini elektron tölovlar yordamida amalga oşiriş va elektron pul ötkaziş tizimini ham öz içiga qamrab olgan böladi”, — deyilgan manba xabarida.
Loyiha birgalikda taşkil qilingan LG SNS Uzbekistan qöşma korxonasi tomonidan amalga oşiriladi. 2015 yilning sentabr oyida taşkil qilingan korxona sarmoyadorlari LG CNS (51 foiz) hamda “Özbektelekom” va “Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi” DUK birgalikda (49 foiz)ni taşkil qildi. Qöşma korxona “Elektron hukumat” tizimi doirasida va iqtisodning boşqa sohalarida jami 15ta loyihani amalga oşirişni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda elektron hukumat tizimi 2013 yilda prezident Islom Karimovning hukumatga bergan topşiriğidan boşlangan edi. Bugungi kunda “Elektron hukumat” tizimining 20dan ortiq loyihasi işga tuşirilgan. 2015 yil 9 dekabr kuni prezident «Elektron hukumat töğrisida»gi qonunga imzo çekdi.
LG CNS kompaniyasiga 1987 yilda LG korporatsiyasi tomonidan asos solingan. U Janubiy Koreyada axborot texnologiyalari sohasida xizmat körsatuvçi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Dunyo böyiça öndan ortiq hududiy ofisiga ega bölib, ulardagi xodimlar soni olti ming kişini taşkil etadi.







