Dunyoda dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya Microsoft özining bulutli xizmatlari işi uçun işlatadigan axborot markazlari qurişga investitsiyalarni ikki martaga köpaytirmoqçi. Bu haqda kompaniyaning şarqiy davlatlar böyiça vitse-prezidenti Karen Del Veskovo ma'lum qildi.
Uning aytişiça, kompaniyaning moliyaviy direktori 2016 yilda axborotni qayta işlaş markazlarini quriş uçun 15 mlrd dollar ajratgan. Bir yil avval şu maqsadda 8 mlrd dollar ajratilgandi.

Veskovoning aytişiça, Microsoft’ning axborot markazlari 34 ta davlatda joylaştirilgan, bu esa Amazon Web Services va Google’ning birgalikda olingan axborot markazlaridan 2 marta köproqni taşkil qiladi.
Veskovoning ma'lum qilişiça, kompaniyaning axborot markazlari kompaniyaning bulutli platformasi Azure’da işga tuşirilgan 1,6 mln ta SQL ma'lumotlar bazasini, har oy Azure Internet of Things platformasi orqali 2 trln ta xabarni, kuniga 777 trln ta ma'lumotlar uzatiş jarayonini va Azure Active Directory xizmatining 500 mlndan köproq foydalanuvçisining operatsiyalarini qayta işlaydi.
Ayni vaqtda Azure foydalanuvçilari soni har oy 120 mingtaga köpaymoqda. Fortune 500 röyxatiga kiruvçi yetakçi kompaniyalarning 85 foizi Microsoft’ning bulutli mahsulotlarini joriy qilgan, ulardan 60 foizi uç yoki undan köproq şunday mahsulotlardan foydalanadi.







