AQŞ prezidenti Barak Obama AQŞ Rossiyaga Suriyada işonç bildira olmasligini aytdi, biroq Suriyada tinçlik örnatişga harakat qilib körişini aytdi.
"Biz Rossiya va Vladimir Putinga işona olamiz deb ayta olmayman, şuning uçun biz havodan bombardimon qilişlar, Başar Asad tuzumi keltirib çiqarayotgan fuqarolarning halok bölişi va vayronagarçiliklarning töxtatilişini öz içiga oluvçi jangovor harakatlarni töxtatişga erişa olişimizni sinovdan ötkazişimiz kerak böladi", deb aytdi Obama.
Obamaning aytişiça, öt oçişning muqobili doimiy ravişda olib boriluvçi fuqarolik uruşi ekanini aytdi.
"Biz aniq aytayapmiz, Rossiya qotil-tuzum va hokimiyat tepasida qoliş uçun öz davlatini yakson qilgan Asadni qöllab-quvvatlaşga intilişini namoyon qilmoqda", deb qöşimça qildi Obama.
Obamaning ta'kidlaşiça, öt oçişni töxtatiş tartibi buzilişi şu darajaga yetganki, u bazör uşlab turilibdi.
"Şuning uçun uşlab tura oladigan biror narsaga erişişimizni sinab körişimiz kerak. Agar bunday bölmasa, Rossiya xalqaro sahnada qotil-tuzumni qöllab-quvvatlovçi ma'suliyatsiz davlat ekanini aniq körsatadi. Rossiya buning uçun xalqaro sahnada javob berişiga töğri keladi", deb aytdi Obama.







