2016 yilning 2-4 avgust kunlari Pekin şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlarning moliya-byudjyet masalalari böyiça Maxsus işçi guruhining majlisi bölib ötdi.

Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Özbekiston vakillari ŞHTning 2015 yil uçun moliyaviy hisoboti va 2017 yilga möljallangan byudjyeti loyihalarini, şuningdek ŞHTning doimiy faoliyat körsatuvçi organlarining 2013-2015 yillardagi moliyaviy-xöjalik faoliyatining taşqi auditi yakunlarini atrofliça körib çiqişdi.