Rossiyaliklarning aksariyati (78 foizi) Kuril orollarining ziddiyatli hududlarini Yaponiyaga qaytarişga qarşi. Ijtimoiy sörovda iştirok etganlarning atigi 7 foizigina "rozi"liklarini bildirdi, deb ma'lum qilmoqda «Levada-Tsentr».

Rossiyaliklar bu masalada kelişuvga ham qarşi ekanliklarini izhor qilişgan. Söralganlarning 71 foizi Rossiya Kuril arxipelagining ikkita yirik oroli: Urup va Iturupni özida qoldirib, unça katta bölmagan Xabomai va Şikotan orollarining Yaponiyaga berilişiga ham noroziliklarini bildirgan. Biroq, har yettinçi kişiga (13 foiz) bu ğoya ma'qul kelgan bölsa, 16 foiz kişi javob berişga qiynalgan. 

Umuman, rossiyaliklarning fikriça, ayni vaqtda «Janubiy Kurilning tortişuvli orollarini Rossiya tarkibida saqlab qoliş» (56%), «yapon kreditlari va texnologiyalari evaziga Yaponiya bilan tinçlik sulhini imzolaş»dan (21 foiz) köra muhimroqdir.

Rossiyaning Yaponiya bilan tinçlik sulhi imzolaşi naqadar muhimligi borasida ham jamoatçilik bir xil fikrda emas. Söralganlarning 48 foizi bu hujjatni imzolaş kerak, deb hisoblasa, 38 foizi – yöq deyişgan, 14 foizi javob berişga qiynalgan.