Ötgan dam oliş kunlari Xitoyning Şandun viloyatidagi pivo festivalida Ginness rekordlar kitobi vakillari yangi rekordni qayd qilişdi: 1007 robot 60 soniya içida faqatgina bir smartfon boşqaruvida raqsga tuşdilar.
Balandligi 43,8 sm bölgan robotlar soni köproq bölişi ham mumkin edi, biroq ulardan ba'zilari bosimga doş berolmadi – ba'zilari yiqilib tuşdi, ba'zilari esa umuman ommaviy raqsni ijro etişdan boş tortdi. Biroq Ever Win Company & Ltd kompaniyasining 1007 roboti rekordni qayd etiş uçun yetarli böldi.
Avvalgi şunday rekord ham joriy yilda Xitoyda UBTECH Robotics Corp. kompaniyasi tomonidan örnatilgan edi. Öşanda 540 robot va 29 dron 2,5 daqiqa içida xitoyliklarni mahalliy taqvim böyiça kirib kelgan Yangi yil bilan sinxron tarzda tabriklagandi.













