Mercedes-Benz kompaniyasi elektrokarlar işlab çiqariluvçi alohida subbrend yaratadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda nemis kompaniyasi rahbariyati özining yangi elektrokarlar qatori uçun nom izlamoqda. Avvalroq kompaniya töliq elektr kuç qurilmasiga ega kamida 4 ta model – 2 ta sedan va 2 ta yöltanlamas negiziga yotadigan yangi platforma yaratayotgani ma'lum qilingandi. 

Norasmiy ma'lumotlarga köra, uşbu platforma EVA deb nomlanadi. Unda C-Class va S-Class oilalari uçun qöllanadigan MRA model şassisining bir qator komponentlari qöllanadi. Nemislar yangi loyihaga 2 mlrd yevro investitsiya qilişmoqçi.

Birinçi prototip 2016 yil oktabrda Parij avtosalonida namoyiş qilinadi. Bu maşina örta ölçamdagi yöltanlamas bölib, uning seriyali versiyasi Tesla Model X’ga raqobat taşkil qilişi mumkin böladi. Krossover akkumulyatorni qayta quvvatlaşsiz 500 km yöl öta oladi.

Elektromobillarning seriyali işlab çiqarilişi Bremendagi korxonada yölga qöyiladi. Bu zavodda şuningdek GLC krossoverining vodorod yonilği yaçeykalariga asoslangan dvigatelli yangi modifikatsiyasi işlab çiqariladi.

Mercedes-Benz GLC F-Cell prototipi 2016 yil iyunda namoyiş qilingandi. Yöltanlamas vodorod uçun ikkita yonilği baki oldi, u 3 daqiqa içida töldiriladi. Bundan taşqari, prototip 9 kilovatt-soatlik litiy-ionli batareya bilan jihozlandi, bu batareya maişiy elektr tarmoqdan quvvatlanişi mumkin.