Rio-de-Janeyroda Toşkent vaqti bilan soat 04.00da XXXI Yozgi Olimpiya öyinlarining oçiliş marosimi bölib ötdi. Musobaqada 207 ta davlatdan taşrif buyurgan sportçi bellaşadi. Olimpiadada jami bölib 28 ta sport turi taqdim qilingan.
Özbekiston delegatsiyasi terma jamoa bayroqdori, boksçi Bahodir Jalolov boşçiligida "Marakana"ga çiqib keldi.




Şuni alohida ta'kidlab ötiş kerak-ki, bu safargi Olimpiada öyinlarida Özbekiston şarafini himoya qiluvçi sportçilarga katta umid boğlaşgan.
Hamyurtlarimiz 13 sport turi böyiça medallar uçun bahs olib borişadi. 70 sportçidan 47 nafari erkaklar bölsa, 23 tasini ayollar taşkil etdi. Olimpiada oçiliş marosimida Özbekiston bayroğini kötariş vazifasi boksçi Bahodir Jalolovga işonib topşirilgan. Quyida Özbekiston şarafini himoya qiladigan sportçilar bilan taniştiramiz.
Yengil atletika
Andrey Petrov – marafon
Suxrob Xöjayev – bosqon uloqtiriş
Ruslan Qurbonov – uç hatlab sakraş
Bobur Şokirjonov – nayza otiş
Ivan Zaytsev – nayza otiş
Leonid Andreyev – önkuraş
Natalya Asanova – 400 metrga tösiqlar oşa yuguriş
Yekaterina Tunguskova – 10000 metrga yuguriş
Sitora Hamidova – marafon
Marina Xmelevskaya – marafon
Valentina Kibalnikova — 100 metrga tösiqlar oşa yuguriş
Nigina Şaripova – 100 va 200 metrga yuguriş







