Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida 31-yozgi Olimpiya öyinlari oçilişi marosimi bölib ötayotgan "Marakana" stadioni oldida mahalliy aholining norozilik namoyişlari boşlandi. Ma'lum qilinişiça, şaharliklar byudjyet mablağlarining Olimpiya qişloği va öyinlarning ötkazilişi uçun sarflanayotganiga qarşi çiqmoqdalar.  
   
Politsiya xodimlari namoyişçilarga qarşi közni açiştiruvçi gaz qöllagan. Biroq bu namoyişçilarni battarroq darğazab qilgan. Ular Braziliya milliy bayroğini yoqib, şu yoqilgan bayroq yordamida Olimpiya maş'alasi estafetasi ötkazilişini taqlid qilganlar. 

Olimpiada oçiliş marosimi mahalliy vaqt bilan soat 20.00da (Toşkent vaqti bilan soat 04.00da) boşlandi. Ayni vaqtda maydonga milliy terma jamoalar çiqib böldi, şuningdek Olimpiya bayroği olib çiqildi va sportçilar qasamyod keltirdilar. Marosim davom etmoqda.