Rossiyada 2016 yil boşidan 1,4 mln gektar örmon yonib bitdi, bu ötgan yilgi körsatkiçdan 37 foiz kamroqni taşkil qiladi. Bu haqda Rosselxoz saytida ma'lum qilindi.
Rosselxoz rahbari Ivan Valentik yil boşidan Rossiyada 1,4 mln gektar maydonda deyarli 8,5 mingta örmon yonğini qayd qilinganini ma'lum qildi. Yonğinlar miqdori ötgan yildagidan 14 foizga kamroqni taşkil qilgan.
"Yuzaga kelgan vaziyatda yonğinlarga asosiy sabab nafaqat inson omili, balki ma'muriy omil hamdir. Boşqaça aytganda, yonğinlargan sabab Rossiya Federatsiyasi sub'yektlarining ijroçi hokimiyati organlari işining sifatidir", deb aytdi Valentik.
Valentikning aytişiça, yuqori yonğin xavfsizligi şaroitida "rejada közda tutilgan barça kuçlar va vositalarni jalb qiliş böyiça tezkorlik va aniqlik talab qilinadi, bu esa amalda yuz bermayapti".







