Noutbuk yordamida Jeep avtomobillarining himoya tizimini buziş bilan şuğullanib kelgan 2 xaker AQŞning Hyuston ştatida qölga oligan. Engadget.com xabariga köra, bu xakerlar keyingi 2 yil içida 30dan ortiq avtomobilni öğirlaşgan.

Maykl Arsi va Jyessi Zeli ismli gumondorlar navbatdagi avtomobilni öğirlaşga uringanida qölga tuşgan. Hozirça ular qöllagan usul haqida aniq ma'lumot yöq.

Politsiya gumondorlardan birini ötgan yilning aprelida Jeep Wrangler Unlimited öğirlanişi vaqtida kameraga yozib olingan tasvirlar orqali topgan. Endi ikki gumondorga ham avtomobil öğirlaganlik uçun ayb qöyilmoqda.