Allohga beadad şukrlar, çeksiz hamdu sanolar bölsin, yurtimizni istiqlol ne'matidan bahramand aylab, beqiyos erkinliklar yölini oçib qöydi. Endi xalqimiz özi va tevarak atrofdagi xalqlar bosib ötgan yölni, ortda qolgan tarixni tanqidiy örganib, kerakli qadamni qörqmasdan taşlay oladi. Buyoğiga endi şunçaki: “Boşqalar bilan nima işim bor, ertaga nima bölsa bölavermaydimi, bugungi kunim ğanimat!” deb yaşaş yaramaydi. Çunki “Kör hassasini bir marta yöqotadi”.
 
Bugun közi oçiq har bir vatandoşimiz ziyrak bölişi lozim. Sababi, mustaqil, yoş davlatning köz tikib turgan hasadçilari, soxta “döstlari” köp bölişi tabiiy.
Rasuli akramning (sollallohu alayhi va sallam): “Ilmni talab qilinglar, garçi u Xitoyda bölsa ham” mazmunli tavsiyalariga amal qiliş bugungi kunimizda juda zarur. Bu muborak tavsiyaga amal qilmaganlar oğzidagi oşini oldirib qöyadi.

Hurmatli Prezidentimizning: “Biz heç kimdan kam bölmaganmiz, kam bölmaymiz ham”, degan şiori asosida işonç bilan harakat qilib, harom qayerda, halol qayerda ekanini oyday, kunday ravşanlaştirib oliş, bilganlarimizga amal qiliş uçun keçayu kunduz intilmoğimiz kerak. Haloliga hisob, haromiga azob bor ekanini unutmasligimiz lozim. Demak, bundan harom yoki gunoh işni qilişdan saqlaniş zarurligi, faqat halol yöldan yurgan taqdirdagina mutlaq yaxşilik, huzur halovatga yetiş mumkinligi haqidagi bilim kelib çiqadi. Anglaşilyaptiki, harom va gunoh odamning qalbini, demakki, vujudini doim qoronği qilib, iç-içdan ezilib yurişiga sabab böladi. Halollik va töğrilik esa, odamning qalb xotirjamligiga asosdir.

Öğri özining qilayotgan öğirligidan qalban xotirjam emas, “Işlarim yurişib ketsa edi, umuman öğirlik qilmasdim”, deb qayta-qayta öz-öziga söz beradi. Agarçi uning boyligi köpayib ketsa ham, to şu gunohini tark etmagunça halovat topmaydi. Şuning uçun u ba'zan qiyinçilikda qolgan qandaydir insonlarga yordam bergisi kelib, qalb rohatiga yetişişni xohlab qoladi. Hatto, şunday qiladi ham. U astoydil kirişsa, öğriligini taşlab ham ketadi. Biroq hamon öğirligini tark etmayotgan ekan, u özining qalbida ğalayon qilayotgan öşa ikki öt orasida kuyib yuraveradi.

Odam öldirişdan toymaydigan jallodlar ham özlarining bu işlari uçun kuniga neça martalab afsuslar çekadi, meni ham bir kuni öldirişlari mumkin-ku, degan qörquv uni heç qaçon tinç qöymaydi. Ammo manfur işini davom ettiraveradi, qalbi esa battar qorayib boraveradi. Ba'zan esa kimgadir rahm qilib, uning qandaydir biror taşvişini yengillaştirib ham beradi. Bu bilan u şunça rohatlanadiki, sababini özi ham bilmaydi. U özining qilgan xunrezliklaridan astoydil tavba qilişni, yaxşi odamlar safiga kirib, oddiy hayot keçirişni doimiy ravişda orzu qilib yuradi.