"Omais" deb nomlangan kuçli töfon Yaponiyaning janubi-ğarbiy qismiga yaqinlaşmoqda. U özi bilan kuçli şamol va jala olib keladi.

Yaponiya boş meteorologiya agentligi bergan ma'lumotiga köra, siklon markazidagi şamol tezligi soniyasiga 30 metrni taşkil etadi. Keyinçalik u soniyasiga 45 metrga kuçayişi mumkin.

Töfon ayni damda şimoli-ğarb yönalişi böylab soatiga 20 km tezlik bilan harakatlanmoqda. Meteorologiya agentligining ta'kidlaşiça, töfon 9 avgust kuni Yaponiyaning Xonsyu oroliga yetib keladi. Söngra Xokkaydo oroli sari harakatlanadi.

Mutaxassislar mahalliy aholini baland tölqinlar sabab dengizga yaqin bormaslikka va kuçli jala tufayli köçkilar bölişi haqida ogohlantirgan.