Belgiyaning Şarlerua politsiyasida avvalroq maçete bilan ikki politsiyaçini yaralagan erkak ölgani aytildi. Politsiyaçilarning hayotiga esa heç narsa xavf solmayapti.
"Maçete bilan hujum qilgan erkakning ölgani tasdiqlanmoqda. Ikki hamkasbimiz hayotiga heç narsa xavf solmayapti", deb ma'lum qildi politsiya tvitterda va barçaga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirdi.
Avvalroq Şarleruada noma'lum kimsa ikki politsiyaçiga politsiya idorasi yonida maçete bilan hujum qilgan. Bosqinçi uçinçi politsiyaçi tomonidan yaralangan. Politsiyaçilardan biri çuqur yuz jarohatlari bilan şifoxonaga yetkazilgan. Bosqinçi ham oğir jarohatlar bilan şifoxonaga olib ketilgan. Belgiya içki işlar vaziri Yan Yambon vazirlik huzuridagi tahdidlarni tahlil qiliş markazi uşbu hodisani örganayotganini ma'lum qilgan.
Mamlakatda 24 martdan beri terrorçilik xavfining yuqori darajasi, ya'ni tört imkoni bor darajadan uçinçisi amal qilmoqda. 4-xavflilik darajasi 22 martda Bryussel aeroporti va metrosidagi teraktlardan keyin kiritilgandi va ikki kun ötib "terakt xavfi mavjud bölişi mumkinligini" anglatuvçi 3-darajaga tuşirilgandi.







