Olimpiada öyinlari — şubhasiz, jahon miqyosidagi yirik sport bayrami. Uni ötkaziş uçun mezbon davlat katta xarajatlar qilişga majbur. Davlat va homiylar mablağlari musobaqalarni ötkaziş uçun zarur bölgan infratuzilmalarni barpo etişga yönaltiriladi. 

Har 2-3 sport intizomi uçun alohida maydonni quriş talab etiladi. Sportçilar uçun turarjoylar, muxlislar va matbuot xodimlari uçun mehmonxonalar. Ammo, afsuski, Olimpiya öyinlaridan söng, uşbu inşootlarning barçasi ham insoniyatga xizmat qilişda davom etavermaydi. Quyida, Olimpiya öyinlari yakunlanganidan söng, Olimpiya inşootlari taqdiri aks etgan suratlar bilan tanişiş imkoniyatiga egasiz. 

Gretsiya poytaxti Afina şahri

1896 va 2004-yilgi Olimpiya öyinlari mezboni.

Tarixiy Panatinaikon stadioni podiumi. 1896-yili ayni mana şu minbarda ğoliblar taqdirlangan. 2004-yilgi Olimpiadaning öq otiş va kamon otiş musobaqalari ham ayni stadionda bölib ötgandi. 

Helliniko majmuasi hududidagi Olimpiya belgilari asta-sekin vayronaga aylanmoqda. 2004-yilgi Afina Olimpiadasiga 9 milliard yevro sarflangan bölib, uning aksar inşootlari faqatgina Olimpiada uçun barpo etilgan xolos. 

Taşlandiq xokkey stadionidagi örindiqlar. Gretsiyaning iqtisodiy jihatdan “qöli kaltaligi” bois, köplab stadionlar açinarli ahvolda. 

Afinadagi Olimpiya suv havzalaridan biri.

Sohil voleyboli uçun qurilgan stadionda palma va boşqa ösimliklar avj olib ösmoqda.

Softbol maydoni.