Uzoq kutilgan Rio Olimpiadasining ham oçiliş marosimi bölib ötdi va rasman sport musobaqalariga start berildi. Aytiş mumkinki, jahon afkor ommasining deyarli butun diqqat e'tiborini qaratadigan yirik anjumanlardan biri aynan Olimpiya öyinlaridir. Har bir musobaqada xotiramizda yillab saqlanib qoladigan ulkan bir natija qayd etilişi esa, uşbu sport öyinlarini yanada maftunkor qiladi. Keling, Olimpiya öyinlaridagi ulkan natijalarni yana bir bora yodga olamiz. Ular, Olimpiya öyinlari tarixida allaqaçon zarhal harflar bilan bitib qöyilgan. 

Useyn Boltning Pekin-2008 Olimpiya öyinlaridagi 100 metrlik masofaga yugurişi finali.

Pekin Olimpiadasining yorqin yulduzlaridan biri bölgan yamaykalik sportçi Useyn Bolt 100metrlik masofaga yuguriş böyiça 9.69 soniyalik natija körsatib jahon rekordini yangilagan edi. 2012-yilgi London Olimpiadasida ham oltin medalni qölga kiritgan Bolt Riodan ham quruq qaytiş niyatida emas. 

Maykl Felps. Ha, uni suv havzasining hozirgi paytdagi qiroli deyiş, aslo mubolağa bölmaydi. Amerikalik suzuvçi Maykl Felps ham Pekin Olimpiadasining yulduzli kaşfiyotlaridan biridir. U, bir Olimpiada doirasida 8ta medalni qölga kiritib, haqiqiy şov-şuvga sabab böldi. Maykl  sakkizinçi oltin medalini jamoasi bilan birga 4×100metrga estafeta bölib suziş orqali qölga kiritdi. Şu bilan birga, ular jahon rekordini yangilaşdi: 3 daqiqa 29.34 soniya. Bundan taşqari, öz faoliyati davomida 22ta medalni qölga kiritgan Felps Olimpiya öyinlarining eng köp sovrin olgan iştirokçisi hamdir. Biroq, u Rioda öz medallari sonini yana oşirmoqçi.

Bob Bimonning ajoyib sakraşi şunisi bilan e'tiborliki, u Mexiko Olimpiadasidagi natijasi bilan özidan keyingi bir neça avlodni doğda qoldira oldi. Gap şundaki, odatda, jahon va Olimpiya rekordlari soniyalarning yuzdan bir neça lahzasi va santimetrlarda özgartiriladi. Ammo, Olimpiya öyinlari yöllanmasini zörğa qölga kiritgan Bob 1968-yil Mexikoda bölib ötgan Olimpiadada uzunlikka sakraş böyiça jahon rekordini oz emas, köp emas, 55 smga özgartirib, 8.90 metrlik natijani öz nomiga muhrlab qöydi. Bu rekordni esa, 1991-yili amerikalik Maykl Pauelgina özgartira oldi, biroq, hamon sport natijasi borasida keskin özgariş qayd etilsa, “bimonça” deya ta'riflanadi.