"Pari Sen- Jyermen" klubi Fransiya Superkubogi uçun keçgan bahsda "Lion"ni 4:1 hisobi bilan mağlub etdi. Uçraşuv Avstriyaning Klagenfurt şahrida bölib ötdi.
"PSJ" tarkibida gollarni Xaver Pastore (9-daq.), Lukas Moura (19-daq.), Xatem Ben-Arfa (34-daq.) va Leyvin Kurzava (54-daq.) kiritdilar. Lionliklar safida Korentin Tolisso uçraşuv yakunlanişi pallasida (87-daq.) bir javob töpini qaytardi.
"PSJ" öz tarixida 6-marotaba va ketma-ket 4-marotaba Fransiya Superkubogini qölga kiritmoqda. Ötgan mavsumda "PSJ" çempionatni, mamlakat Kubogi va liga kubogini qölga kiritgandi. Şuning uçun superkubok uçun parijliklar bilan çempionatda 2-örin egallagan "Lion" bellaşdi. Fransiya çempionatining yangi mavsumi 12 avgustdan boşlanadi.







