Avval xabar berganimizdek, 2016 yil 10 avgust kuni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi taşabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Gözal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!” degan ezgu ğoya ostida Yoş tadbirkorlar va fermerlar Forumi ötkazilmoqda. Mazkur forumning asosiy maqsadi yoş tadbirkorlar va fermerlar qölga kiritayotgan yutuqlarni tarğib qiliş, ularni yangi marralarga undaş va ular uçun muloqot maydonini yaratişdan iborat.
Forum doirasida kiçik biznes va fermerlikni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan davra suhbatlari, ilğor tadbirkorlar va fermerlar iştirokidagi master-klasslar, yangi biznes ğoyalar va loyihalarning taqdimotlari, fotokörgazmalar taşkil etiladi. Tadbirlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, davlat organlari va jamoat taşkilotlari rahbarlari, respublikaning turli hududlaridan 300 nafarga yaqin yoş tadbirkorlar va fermerlar iştirok etişadi.
ÖzLiDeP Yoş tadbirkorlar va fermerlar forumiga çorlamoqda
16:28 / 07.08.20169 1801 min











