2012-yil avgustida 19 yoşli fransuz yarimhimoyaçisi Pol Pogba Mançesterdan Turinga köçgan edi. Öşanda «Yunayted» jamoasi 1 mln yevro işlagandi. Oradan köp emas, 4 yil ötgaç, futbolçining narxi 110 karra qimmatlaşdi, «MYu»ning özi u uçun 110 million yevro tölaşga roziligini bildirdi. Quyida yozgi transfer bozorining asosiy bitimi xususida. 

Top-futbolçilarga narx belgilaş borasidagi “tösiq” ortda qoldi

Şunday qilib, aytiş mumkinki, öziga xos tösiq ortda qoldi. Gart Beyl 3 yil mobaynida dunyoning eng qimmat futbolçisi unvonini saqlab qoldi. Biroq, aslida «Real Madrid» qança tölagani xususida aniq raqamlar mavjud emas. Dastlab, 91 mln yevro tölangani xususida jar solingan bölsa-da, keyinçalik birmunça haqiqatga yaqin keladigan raqamni aytişdi – 100 million yevro (Transfermarkt manbasiga köra-101 mln yevro).

Sahnada «Mançester Yunaytid»

Ötgan yozgi mavsumda «MYu» aynan öşa Beyl uçun 150 mln yevro taklif qilgani xususida xabarlar paydo bölgandi. Ammo, ularning barçasi miş-miş turkumidan edi, desak mubolağa qilmagan bölamiz. Endilikda hammasi haqiqiy: «qizil iblislar» Pogba uçun rasman 100 “limon”ni kördim demay sarflab yuborişdi. 

Messi, Neymar va Ronaldu «erişolmagan» natija

Pogbaning agenti qança olişi noma'lum va aslida buni biliş şart ham emas. Asosiysi şuki, kelasi mavsumdan boşlab top öyinçilar uçun bemalol 100 milliondan ortiq mablağ taklif etiladi. Bu esa, Messi, Ronaldu yoki Neymar bilan emas, balki «Oltin töp»gaça hali köp ter tökişi lozim bölgan futbolçi bilan amalga oşdi. 

Şu bilan birga, aytiş jozki, Mourinoning holati yanada murakkablaşdi va mas'uliyati yanada jiddiylaşdi. Gap şundaki, u bu yil jamoasi kuraşadigan barça sovrinlarni qölga kiritişi kerak. 

«Mançester Yunaytid»ning buzilgan mezoni 

Qayd etiş lozim, «MYu» Premer ligada eng qimmat tarkibga ega bölmagan jamoalar sirasiga kiradi. Biroq, bu yilgi yozgi transferlar oynasida Vudvord Yevropa jamoalariga 190 million yevroni tarqatib yubordi (Mxitaryan, Bayi, Pogba) hamda Zlatan Ibrohimoviç bilan yillik 11,5 mln yevrolik şartnomani imzoladi. Agar, «iblislar» heç bir öyinçisini sotmaganini e'tiborga oladigan bölsak, jamoaning yozgi muvozanati buzilgan va bu raqam 200 million yevrolik zarar bilan ölçanmoqda. 

Mourinoning «200 foizlik» majburiyati