Sport muxlisining ayoli dugonasiga dedi: – Xöjayinim Olimpiada boşlanişi  bilan “Nima xohlasang ayt, faqat musobaqalar boşlanganida xalaqit bermasang böldi”, deydi. Ötgan Olimpiadada uçta köylak oldirganman...  

Dzyudo böyiça musobaqada sportçi qiz tatamiga 10 daqiqa keçikib çiqdi.
 – Nega? – degan savolga, – Butun dunyoga pardozsiz körinib böladimi? – deya javob berdi u.

Olimpiada çempioni bölgan boksçidan söraşdi:
– Siz irimlarga işonasizmi?
– Albatta, ana qarang, qölqopimning içida katta temir taqa turibdi...  

Muxbirlar sportçiga savol berişdi:
– Bilasizmi, futbolçi va xokkeyçilarni muxlislar haqorat qilişadi?
– Men ham şunga hayron bölaman. Bizga öxşab öq otiş bilan şuğullanuvçi merganlarni heç haqorat qilişmagan. 

Turli musobaqalarda kuçli raqibiga 16 marta imkoniyatni boy bergan tennisçi oxirgisida uni yutgaç, dedi:
– Bilib qöyinglar, heç kim meni qatorasiga 17 marta yuta olmaydi!

Suvda suzişda xitoyliklarga öyinni boy bergan ruslar ularga qarab şunday deyişdi:
– Balki, xokkey öynab körarmiz.

Sport köp insonlar uçun – kasb yoki xobbi. Yana bir toifadagi kişilar uçun esa televizordagi oddiy kanal, xolos... 

Basketbol savatçasi deyarli töp bilan bir xil ölçamda. Gandbol darvozasi biroz kattaroq. Futbol darvozasi esa juda katta. Biroq darvoza qança katta bölgani sari uni möljalga oliş qiynlaşib boraveradi.

Aytişlariça, suvga sakraş böyiça Olimpiada çempioni bölgan sportçilar çuçvarani kostryulkaga taşlaganda, umuman suv saçramas emiş...

– Sen öyinlarni qayerda körasan?
– Televizor orqali, pista çaqib köraman.

Şunday qilib öyin 19:46 hisobida yakuniga yetdi. Keçirasiz, men vaqtni aytib yuboribman...

Elmurod Ermatov