Rio-de-Janeyroda bölib ötayotgan Olimpiada öyinlari tennis bahslarida qatnaşayotgan amerikalik opa-singil Serena va Vinus Uilyams juftlik bahslari birinçi davra bellaşuvida çexiyalik Lyusi Şafarjova hamda Barbora Stritsovalarga şov-şuvli tarzda mağlub bölişdi. «Olimpik Tennis Senter»da bölgan uçraşuv 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi.
Qayd etiş joizki, bu Uilyamslar uçun Olimpiya öyinlari juftlik bahslaridagi birinçi mağlubiyatdir. Uilyamslar Sidney (2000), Pekin (2008) va London (2012) Olimpiada öyinlarida ğalaba naşidasini tortişgan.
Uilyamslar tösiğidan ötgan Şafarjova va Stritsovalar juftligi keyingi bosqiçda kanadaliklar Ejyeni Buşar va Gabriela Dabrovskilar bilan kuç sinaşadi.







