Anqara ma'muriyati «Turk oqimi» gaz quvuri qurilişini boşlaş uçun zaruriy işlarni amalga oşirişga tayyor, deb bayonot bergan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan TASS agentligiga bergan intervyusida. 

«Biz uşbu loyihani amalga oşiriş uçun zarur bölgan çoralarni zudlik bilan amalga oşiriş, uni muhokama etib, qaror qabul qilişga tayyormiz», — degan turk yetakçisi. U şuningdek, Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlikning ahamiyatiga urğu bergan. 

«2016-yil iyul oyi yakuniga köra, Rossiyadan import qilingan tabiy gaz hajmi 12,5 mlrd kub metrni taşkil etgani Turkiya Rossiya uçun uşbu sohadagi naqadar muhim hamkor ekanini isbotlaydi», — deb qöşimça qilgan Erdöğan.