Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti, rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadadan oldin Rossiyaning qiliçbozlik terma jamoasi a'zolariga qöşimça doping-nazorat taşkillaştirgan. Unda barça qiliçbozlar iştirok etdi va hammasi "toza" çiqdi, deb aytdi Riodagi Olimpiada oltin medalini qölga kiritgan şamşirçi Yana Yegoryan.

8 avgustda Yegoryan şamşirçilar musobaqasining finalida özining jamoadoşi Sofya Velikaya ustidan ğalaba qozondi. Rossiyalik sportçilar Rossiya terma jamoasiga oltin va kumuş medallar keltirdilar.   

"Usmonov Olimpiya öyinlaridan oldin bizga qöşimça doping-nazorat taşkillaştirdi, unda barça sportçilar iştirok etdilar va "toza" çiqdilar. Boz ustiga, qiliçbozlik kimdir nimadir qabul qiladigan sport turi emas", deb aytdi Yegoryan jurnalistlarga.