Apple korporatsiyasi kelasi oyda iPhone 6S va iPhone 6S Plus qurilmalarining keng imkoniyatlarga ega "davomçisi"ni taqdim qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi.
Manbaga köra, yangi devays özining ikki kamerali tizimi va bosim kuçi orqali ta'sir körsatiluvçi zamonaviylaştirilgan "uy" tugmasi bilan ajralib turadi, şuningdek unda quloqçinlarni ulaydigan darça yöq. Telefonlar taşqi körinişidan 6S va 6S Plus'ga öxşaş.
Yangi qurilmalar "ikkilamçi kamera" hisobiga yanada tiniq va yorqin suratga oliş imkonini beradi, u bir paytning özida ikkita suratni olib, söng ularni birlaştiriş va uyğunlaştiriş yöli bilan sifatli kadrni taqdim qiladi.
Şuningdek Apple foydalanuvçilariga "uy" tugmasining kengaytirilgan funksionali taklif qilinadi, u dasturlarni yanada samarali boşqarişga imkon yaratadi.
Telefonlarning yangi modellari yangi iOS 10 operatsion tizimida işlay boşlaydi, u avvalgilariga nisbatan interaktiv vidjyetlar, xabarlar almaşinuvining yangi vositalari, şuningdek "aqlli maişiy texnika"ni boşqariş uçun ilovalar bilan töldirilgan. Yangi operatsion tizim iPhone'ning "ba'zi eski modellari"da ham işlaydi, biroq maqolada iOS 10'ning aynan qanday modellarga töğri kelişi haqida ma'lumot berilmagan.







