Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Ğarb Turkiyani mamlakatdagi davlat töntaruviga urinişdan keyin yolğiz qoldirişga qaror qilganini aytdi. U bu haqda Le Monde fransuz gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.    

Erdöğanning aytişiça, Ğarb mamlakatdagi demokratik qadriyatlarni himoya qilgan Turkiyaga hamjihatlik va xayrixohlik bildiriş örniga uni yolğiz qoldirişga qaror qildi. Turkiya prezidenti Ğarb vakillari isyonning hibsga olingan iştirokçilari soni va Fathulla Gulen tarafdorlarining taqib qilinişini şubha ostiga qöyişi kerakmasligini aytdi.   

"Charlie Hebdöga hujumdan keyin butun dunyo bunga öz munosabatini bildirdi. Turkiya boş vaziri öşanda Parijga yöl olgandi. Ğarb yetakçilari ham mening davlatimda yuz bergan hodisalarga şunday munosabat bildirişi va Turkiyaga kelişlarini istardim", deb aytdi Erdöğan.