«Ayaks»ning sobiq boş murabbiyi Frank de Bur rasman «Inter» boş murabbiyiga aylandi.

Niderlandiyalik mutaxassis milanliklar klubi bilan 3 yillik şartnomaga imzo çekkan. U bugunning özida jamoadagi ilk maşğulotini ötkazişi kutilmoqda.

De Bur Roberto Mançinining örnini egalladi. 8 avgust kuni italiyalik murabbiy bilan özaro kelişgan holda şartnoma bekor qilingandi.

«Umid qilamanki, yangi mavsumda yutuqlarga erişamiz. Bu yerda ekanimdan juda xursandman. Ertaga matbuot anjumanida körişamiz», - degan de Bur muxlislarga yöllagan videomurojaatida. 

46 yoşli de Bur 2010 yildan beri «Ayaks»ni boşqarib kelayotgandi. Ötgan mavsum yakunida u klubni tark etgandi.

Manba: Tribuna.uz