Livan parlamenti 8 avgustda mamlakat prezidentini yana saylay olmadi. Naharnet axborot portalining ma'lum qilişiça, parlament spikeri Nabix Berri prezident saylovini yetarliça deputatlar yiğilmagani sababli 42-marotaba boşqa sanaga köçirdi. Deputatlar palatasining keyingi yiğilişi 7 sentabrda bölib ötadi.
Ovoz beriş jarayoni boşlanişi uçun Plyas d’Etual saroyida 128 deputatdan kamida 86 nafari yiğilişi kerak edi. Biroq zalda ikki marta kamroq deputat yiğilgan.
Livan prezidenti lavozimi sobiq prezident Mişel Sulaymon Baabdedagi prezidentlik saroyini 2014 yil 25 mayda tark etgandan beri böş qolmoqda. Livan diniy tuzilişiga köra, mamlakat prezidenti mahalliy nasroniylar orasida köpçilikni taşkil qiuvçi maroniylar jamoasi orasidan tanlanişi kerak.
Deputatlar hanuzgaça musulmonlar va nasroniylar partiyalarini qanoatlantiradigan prezident şaxsi böyiça kelişa olmayaptilar.
5 sentabrga asosiy parlament fraksiyalari örtasida navbatdagi suhbat ötkazilişi belgilangan. 8 avgustda Livan boş vaziri Tamam Salom davra suhbati iştirokçilari murosaga kelib, bölğusi prezident nomini aytişlariga umid bildirdi. "Mamlakatdagi siyosiy tanglikdan çiqiş davlat rahbarini saylaşdan boşlanişi lozim", deb aytdi Salom.







