AQŞning Kolorado ştati janubida joylaşgan Pueblo-Grande qişloğida ayançli fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda AP agentligi. Bu yerda, basseynda 3 nafar opa-singil çökib ketgan. Ular, 3, 5 va 17 yoş bölgan.
Mahalliy politsiya mahkamasi voqeani baxtsiz hodisa sifatida tasniflagan. Bu yerda, qasddan özini öldiriş va qotillik sodir etiş alomatlari kuzatilmagan.
"Bu mudhiş fojia xolos", - degan politsiya kapitani Jo Garsiya.
Pueblo-Grande qişloği ğildirakli (maşina) uylardan taşkil topgan bölib, Denver şahridan 169 km uzoqlikda joylaşgan.







