Misr Markaziy banki mamlakat valyuta ayirboşlaş qonunçiligini buzgani uçun yana beşta xorijiy valyutalarni almaştiriş puntlari faoliyatiga çek qöydi. Şunday qilib, mamlakatdagi mavjud valyuta ayirboşlaş şaxobçalarning teng yarmi litsenziyasidan mahrum etildi, deb xabar qiladi Ahram online axborot portali.

Portal ma'lumotlariga köra, şu paytga qadar mamlakatda 94ta rasmiy valyuta ayirboşlaş punkti faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda, ularning 47tasiga berilgan litsenziya qaytarib olingan, şundan 26tasi butunlay yopilgan. Qolganlari 6 oydan 12 oygaça faoliyat körsata olmaydi. 

Xabarlarga köra, iyun oyida Misr Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank raisiga, qonunbuzarlik qayd etilgan holatda har qanday almaştiruv punktining litsenziyasini bir yilgaça qaytarib oliş va 1 milliondan 5 milliongaça Misr funtida jarima soliş vakolatini bergan edi.