Madridning «Real» klubi va Fransiyaning «PSJ» klubi hujumçi Xesening transferi borasida kelişuvga erişdi.

Ispan jamoasi futbolçining transferini tasdiqlagan va futbolçiga yangi klubida omad tilagan.

Xese «PSJ» bilan 5 yillik şartnoma tuzgan. Hozirça bitimning moliyaviy jihatlari oşkor qilinmadi. 

L'Equipe naşri tarqatgan xabarga köra, parijliklar jamoasi 23 yoşli futbolçining transferiga 25 million  yevro tölaydi.

Ötgan mavsum ispaniyalik vinger La Ligada 28 uçraşuvda maydonga tuşib, 5 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Şartnoma bandlaridan biriga «PSJ»  kelajakda futbolçini «Barselona”ga sotmasligi kiritiladi.