Bugun Özbekiston vakili Rustam Tölaganov -91 kg vazn toifasida nimçorak final doirasida ringga çiqdi. Uning bu bosqiçdagi raqibi ekvadorlik Hulio Sezar Kastilo böldi.

Hakamlar 3ta raundda ham Özbekiston vakilining ustunligini qayd etişdi (29:28, 30:27, 30:27).

Rustam Tölaganovning keyingi bosqiçdagi raqibi fransiyalik Pol Omba Biongolo hamda Ozarbayjon vakili Abdullayev Abdulqodir örtasidagi jangda aniqlandi. Bu jangda ozarbayjonlik boksçi texnik nokaut evaziga ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga ötdi.
Bu vaznda çorak final bahslari 10 avgust kuni bölib ötadi.
Bugun tunda yana bir özbekistonlik boksçi, eng yengil vazn toifasidagi (49 kg.) Hasanboy Dösmatov ham öz jangini ötkazadi. Nimçorak finalda unga meksikalik Xoselito Velaskes raqiblik qiladi. Jang Toşkent vaqti bilan soat 01:00da boşlanadi.







