Davlat Raqobat qömitasi Korzinka.uz tovar belgisidan noqonuniy foydalaniş holatiga çek qöydi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu tovar belgisi (Korzinka, Korzinka.uz, Korzinka) Anglesey food şö'ba korxonasi tomonidan Intellektual mulk agentligida röyxatga olingan bölib, uning intellektual mulki hisoblanadi.
Davlat Raqobat qömitasiga Anglesey food şö'ba korxonasining murojaati kelib tuşgan bölib, murojaatda unga tegişli bölgan tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanilayotganligi körsatilgan.
Örganiş davomida YaTT «Madaminov Z» tomonidan Qöqon şahri, Huvayda köçasi, 30-manzilda joylaşgan savdo dökonida Korzinka tovar belgisi bilan adaştirib yuboriş darajasida bir xil bölgan tovar belgilar ostida savdo faoliyati bilan şuğullanayotganligi aniqlandi.
Şunga öxşaş yuqoridagi tovar belgisiga nisbatan bölgan huquqning buzilişi Namangan şahrida «Ibratomuz quriliş» xususiy firmasi va «Spektr sanoat savdo» MÇJ tomonidan, şuningdek, Qöqon şahrida xususiy tadbirkor «Madaminova Paridaxon» tomonidan amalga oşirilgan.
Davlat Raqobat qömitasi tomonidan tegişli işlarning amalga oşirilişi natijasida qonunbuzarlik holatiga çek qöyildi.
Ma'lumot uçun: Özbekiston Respublikasining «Raqobat töğrisida»gi qonuni 13-moddasiga muvofiq yuridik şaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglaştirilgan individuallaştiriş vositalaridan, tovarni individuallaştiriş vositalaridan qonunga xilof ravişda foydalangan holda tovarni realizatsiya qiliş insofsiz raqobat hisoblanadi va qonun bilan taqiqlanadi.







