UYeFA Çempionlar ligasining yangi loyihasi ustida iş boşladi. Uşbu yangilik 2018 yildan joriy qilinişi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport naşri xabar tarqatdi.
Formatga köra, musobaqada saralaş bosqiçi öyinlari ötkazilmaydi. Angliya, Germaniya, Ispaniya va Italiyaning 4ta klubi guruh bosqiçida kafolatlangan öringa ega bölişadi.
Şuningdek, Rossiya, Fransiya va Portugaliyaning 2 jamoasi, Şveytsariya, Belgiya, Niderlandiya, Turkiya, Ukrainaning bittadan klubi guruh bosqiçiga töğridan-töğri yöl oladi. Yana 5 iştirokçi esa “pley – off” öyinlari orqali aniqlanişi rejalaştirilmoqda. Nomzodlar qay yöl bilan tanlanişiga aniqlik kiritilmagan.
Şuningdek, katta tarixga ega bölgan klublar turnirda maxsus taklifnoma orqali iştirok etişi varianti körib çiqiladi.
Manba: Tribuna.uz







