Farğonada tennis böyiça ösmirlar örtasida «Fergana CUP – 2016» xalqaro turniri davom etmoqda. Bu haqida «ÖzA» xabar bermoqda. 

Özbekiston tennis federatsiyasi va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF)  tomonidan taşkil etilgan mazkur musobaqada önga yaqin davlatdan yuzdan ziyod yoş sportçi boş sovrin uçun bahs olib bormoqda. 

Öğil bolalar örtasidagi yakkalik bahslarida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Şarobiddin Abzalov qozoğistonlik Dias Meirbekni 6:2, 7:5 hisobida mağlubiyatga uçratib, ikkinçi davrada rossiyalik Danil Sevelev bilan kuç sinaşadigan böldi. Şuningdek, özbekistonlik yoş tennisçilardan Azizxon Turğunov va Temur Sotimov ham dastlabki davrada ğalaba qozondi.

Qizlar örtasidagi yakkalik bahslarida özbekistonlik tennisçilardan Kamola Umarova, Laylo Bahodirova, Yuliya Kim, Fariza Abdullayeva, Şahnoza Hotamova, Yasmina Karimjonova, Gulsina Halimullina va Elina Şaripova raqiblari ustidan zafar quçib, ikkinçi davraga yöl oldi.