NASA Marsda suv boriligi haqida ma'lum qilganda, bu yangilik hammani lol qoldirgan. Öşandan buyon köplab kaşfiyotlar qilindi, ular haqidagi ma'lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali berib borildi. Hozirgi paytda Qizil sayyorada ikkita Mars roverlari faoliyat olib bormoqda. Marsni uç orbita qurilmasi nazorat qilmoqda. Bundan taşqari samoviy qöşnimizga yana ikkita zond yöl olmoqda. Biz sayyorada olib borilayotgan tadqiqotlar haqidagi ma'lumotlarni berib borişda davom etamiz.
Marsda hayot borligidan dalolat beruvçi jins topildi
Impaktitlar – meteroritlar qulaşi natijasida hosil bölgan toğ jinslari. Ular köpinça toşlar, minerallar, şişa va kristall tarkibdan iborat. Yerdagi eng maşhur impaktit manbalari – Nevada sahrosidagi (AQŞ) Alamo krateri va Tasmaniyadagi Darvin krateri. Ötgan yili NASA Marsda ulardan yana birini topdi .
NASA’ning Mars Reconnaissance Orbiter kosmik apparati Qizil sayyoraning bir neça kraterlarida impakt şişa qoldiqlarini topdi. Bir yil avval esa olim Piter Şults Argentinada topilgan xuddi şunday tarkibli impakt şişani körsatgan edi, unda ösimliklar va organik molekulalar qismlari bölgan. Bu esa Mars impakt şişasi ham qadimiy hayot ildizlarini özida mujassam qilgan bölişi mumkinligidan dalolat beradi.
Olimlar uçun keyingi qadam uşbu impakt şişadan namuna oliş böladi. Tekşiruvga nomzodlar orasida birinçisi – Xargreyvz krateri, yangi Mars roverining 2020 yilda taxminiy qönadigan joyi.
Uçib ötuvçi kometalar Mars magnitosferasini “silkitmoqda”
2014 yilning sentabrida MAVEN (Mars Atmosphere and Volatile EvolutioN) kosmik apparati Mars orbitasiga çiqdi. Atigi bir neça hafta ötib, zond noyob hodisaning guvohi böldi – uçib ötayotgan kometa Qizil sayyoraga juda yaqin keldi.
Sayding-Spring nomi bilan maşhur bölgan C/2013 A1 kometasi 2013 yilda topilgan. Dastlab olimlar uning Marsga tuşişini taxmin qilişgandi, ammo ikki obekt 140 000 kilometr masofada bir-biridan uzoqlaşgan.
Tadqiqotçilarni bunday yaqinlaşiş natijasida hosil bölişi mumkin bölgan effektlar qiziqtirib qöydi. Marsning magnitosferasi zaif bölgani bois, olimlar kometaning yaqinlaşişi natijasida uning barqarorligiga ta'sir körsatuvçi ionlarning kuçli otilişi sodir bölganini ta'kidlaşdi. NASA bu effektlarni kuçli, lekin qisqa muddatli quyoş böronlari bilan qiyosladi. Kometa yaqinlaşganda uning magnit xususiyati kuçaygani tufayli Marsning magnit maydonini butkul xaos qamrab oldi.
Marsning “irokez”i bor
2013 yilda Marsning atmosferasini örganiş uçun MAVEN kosmik qurilmasi jönatilgan. Zond kuzatuvlari natijasida töplangan ma'lumotlarga köra, Mars sayyorasining “irokez”i boriligini körsatgan kompyuter modeli yaratilgan.
Marsning “noyob soç turmagi” aslida sayyora atmosferasining yuqori qismidan quyoş şamoli purkab çiqaruvçi elektron zaryadlangan zarralardan iborat. Quyoş şamoli yaqinlaşişi natijasida hosil böladigan elektron maydon bu zarralarni qutblarga jalb qiladi.
Marsning qişloq xöjalik bilan boğliq kelajagi
Agar haqiqatda Marsda yaşaşni istovçilar bölsa, avval ularni ta'minlaş usullarini işlab çiqiş kerak. Vageningen universiteti (Niderlandiya) olimlarining sözlariga köra, Mars tuproğiga ekiş mumkin bölgan 4 xil qişloq xöjalik mahsuloti aniqlangan. Bular – pomidor, rediska, javdar va nöxat. Olimlar şunga doir tadqiqot ötkazib, bunga işonç hosil qilişdi. Marsda ekilgan mahsulotlarda oğir metallarning (kadmiy va mis) yuqori konsentratsiyasi bölsa-da, ularning hajmi xavf tuğdirmaydi, şu bois ular iste'molga yaroqli hisoblanadi.
Marsning sirli barxanlari
Mars barxanlari ham rover va orbital zondlarning kuzatuv obektiga aylangan, biroq yaqinda Yerda Mars Reconnaissance Orbiter apparati tomonidan suratga olingan tasvirlar paydo böldi. Şuni tan oliş kerakki, olingan suratlar olimlarni öylantirib qöydi. 2016 yilning fevralida kosmik apparat Morze alifbosida qöllanuvçi “nuqta va tire” tiniş belgilarini eslatuvçi ajoyib şakldagi barxanlar aks ettirilgan suratni taqdim etgan.
Taxminlarga köra, bunday ğaroyib şakldagi barxanlar ularning yaqinida joylaşgan impakt krateri tufayli şunday köriniş olgan, zero kraterlar ularga ötadigan qum hajmini çeklab qöygan. “Tire” şaklidagi barxanlar esa ikki yönalişdan esuvçi şamollar natijasida hosil bölgan.
Şunga qaramay, “nuqta-barxanlar” tabiati avvalgidek jumboqligiça qolmoqda. Odatda bunday şakl barxanlarning töliq şakllanişiga nimadir halaqit berganda hosil böladi. Olimlar bu mintaqani örganişda davom etib, uşbu jumboqning javobini izlaşda davom etişadi.
Mars minerallari siri
2015 yilda «Kyuriositi» roveri yordamida örganilgan Mars mintaqasi NASA olimlari uçun javobdan köra köproq savol tuğdirdi.
Bu yerda kremniy dioksidning favqulodda yuqori konsentratsiyasi kuzatildi. Ba'zi toşlarda u 90 foizni taşkil qiladi. Kremniy dioksidi Yerdagi toş va minerallarda (ayniqsa kvarsda) köp uçraydigan kimyoviy komponent hisoblanadi.
«Kyuriositi» roverini boşqaruvçi jamoa a'zolaridan biri Albert Yyenning sözlariga köra, kremniy dioksidning yuqori konsentratsiyasiga ega böliş uçun odatda boşqa komponentlar bilan aralaşuv jarayoni yoki bu komponentlar hosil bölişi mumkin bölgan muhit talab qilinadi. Boşqaça qilib aytganda, buning uçun suv kerak böladi. Şu bois Marsda kremniy dioksidning hosil bölişiga doir masalaning hal etilişi olimlarga qadimiy Mars sayyorasi qanday bölgani haqida yaxşiroq tasavvurga ega böliş imkonini beradi.
«Kyuriositi» bu toşlardan namunalar olganida, ular yanada köp hayratga sabab böldi. Ma'lum bölişiça, ularda tridimit nomli mineral bor ekan. Bu mineral Yerda juda kamdan-kam uçraydi, Marsda esa u deyarli hamma joyda bor. Tadqiqotçilar uning qanday qilib Marsda paydo bölgani haqida boş qotirişmoqda.
Oq sayyora
Şunday paytlar bölganki, maşhur Qizil sayyora avval köproq oq bölgan. Boulderdagi (Kolorado, AQŞ) Janubiy tadqiqot instituti astronomlarining fikriça, sayyora nisbatan yaqinda “qizil tusga kirgan” (Muz davrini boşdan keçirgandan keyin).
Olimlar Marsning şimoliy qutbidagi muzliklar qatlamini kuzatib, şunday xulosaga kelişgan. Buning uçun ular Mars Reconnaissance Orbiter apparatiga örnatilgan Shallow Subsurface Radar ilmiy uskunasidan foydalanişgan.
Olimlar ana şu uzoq tölqinli skaner tufayli Marsning muz qatlamini 2 kilometrgaça kuzatiş imkoniga ega bölişdi va ikki ölçamli sxema yaratişdi, mana şu sxema sayyoraning 370 000 yil avval juda kuçli muzlik davrini boşdan ötkazganini körsatdi. Bundan taşqari olimlar taxminan 150 000 yildan keyin sayyorani yana bir muzlik davri kutayotganini aniqlaşdi.
Marsning yerosti vulqonlari
Tridimit odatda vulqonli jinslarda uçraydi, şu bois uning Marsda mavjudligi ötmişda sayyorada köp vulqonlar sodir bölganidan dalolat berişi mumkin. Mars Reconnaissance Orbiter apparati yordamida olingan yangi dalillar qaçonlardir Marsda muz tagida vulqonlar köp bölganligiga işora qiladi.
Zond Sisyphi Montes mintaqasini örganib çiqdi va olimlar uning şakl jihatidan Yerda muz ostida sodir böladigan vulqonlarga öxşaş yassi toğ tizmalaridan taşkil topganligiga doir ma'lumot olişdi.
Vulqon otilganda uning kuçi şu qadar kuçli böladiki, u muz qatlamini yorib çiqqan va havoga katta miqdordagi kul çiqargan. Bunday vulqonlar otilişi natijasida köplab turli xil jinslar va minerallar hosil böladi. Sisyphi Montes’da ham xuddi şunday jinslar topilgan.
Marsning qadimgi megasunamisi
Olimlar Qizil sayyorada qaçonlardir şimoliy okean bölgan yo bölmaganligi haqida avvalgidek köp bahslaşişadi. Bu borada olib borilgan yangi tadqiqot okeanning haqiqatda bölganligiga hamda u yerda gigant sunamilar kötarilganligiga işora qiladi.
Bu yerlarda qaçonlardir okean bölganligining yagona dalili noaniq sohil çiziqlari hisoblanadi. Bu yerda megasunamilar sodir bölganligi töğrisidagi taxminga işonadigan bölsak, sohil çiziqlarining nima uçun bunday noaniq ekanligini izohlaş mumkin böladi.
Uşbu ğoyani ilgari surgan olimlardan biri Aleks Rodrigezning aytişiça, bu gigant sunami tölqinlari 120 metr balandlikkaça çiqqan. Ular uç million yilda bir marta sodir bölganligi taxmin qilinadi.
Rodrigez sohil çiziqlari yonida joylaşgan kraterlarni örganişga juda qiziqadi. Tsunami natijasida bu kraterlar suvga tölib, uni million yil saqlab qolgan bölişi mumkin. Bu esa qadimiy hayot ildizlarini izlaş uçun ajoyib sabab.
Marsda Arktika okeanidan köp suv bölgan
Olimlar Qizil sayyorada qaçonlardir juda köp suv bölganligi haqidagi fikrga qöşilişmoqda. NASA bu yerda butun sayyorani qoplaşga yetarli hamda çuqurligi 140 metrli okeanni hosil qilgan suv bölgan, deb hisoblaydi. Olimlarga işonadigan bölsak, Marsda Arktika okeanidan köp suv bölgan. Marsdagi okean sayyora hududining 19 foizini egallagan bölişi mumkin.
Olimlar Havayidagi Keka rasadxonasi va Çilidagi Juda katta teleskop yordamida amalga oşirilgan kuzatuvlarga asoslanib, ana şunday xulosalarga kelişgan. Hozirda Marsning atmosferasida ikki xil şakldagi suv mavjud: H2O va HDO (oğir suv - odatiy vodorod molekulalari vodorod izotopi deyteriyga özgartirilgan).
Olimlar olib borgan tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, Mars öz suv zahirasining 87 foizini yöqotgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi