Rio-de-Janeyro şahrida Olimpiada öyinlarning boks bahslarida Özbekiston vakili, -60 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Xurşid Tojiboyev ikkinçi jangda britaniyalik Yozef Kordinani yengdi va çorak finalga yöl oldi.
Hakamlar 1 raundda Özbekiston vakili ustunligini qayd etişdi, lekin keyinçalik jang davomida qoida buzilgani uçun bir balldan olib taşlandi (9:9, 9:9, 9:9).
Keyingi ikki raundda esa Tojiboyev raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmadi, yakuniy natija 2,5-0,5 (28:28, 29:27, 29:27).
Eslatib ötamiz, Xurşid Tojiboyev Rio—2016 dagi iştirokini 1/16 finaldan boşlab, qatarlik Hoqon Erşekerni har uçala raundda mağlubiyatga uçratişga muvaffaq bölgandi.
Çorak finalda Xurşid Tojiboyevga braziliyalik Robson Konseysao raqiblik qiladi. Konseysan 1/8 finalda tojikistonlik boksçi ustidan texnik ğalabaga erişdi.







