2012 yilgi London Olimpiadasi, 2014 yilgi Yevropa çempionatida tengsiz bölgan Oğir atletika vakili, polşalik Tomaş Zelinskining qonida Rio-2016 olimpiadasi vaqtida doping aniqlandi.
Uning qonida taqiqlangan nandrolon preparati topilgan.
«Men nima bölganini anglamayapman. Bu xuddi uyquda bölayotgandek. Boşqa söz ayta olmayaman. Men 10 yildan buyon mamlakatim uçun maşq qilib kelaman, 20 yildan buyon heç qanaqa dopingdan foydalanmagandim. Endi esa bu xabar paydo böldi», – deya Zelinskining sözlarini keltiradi The News.pl.

Cportchining aytişiça, uni Rio-de-Janeyroga kelişdan oldin 3 marta tekşirişgan va faqat Olimpiada vaqtidagi doping-sinovi ijobiy natijani körsatgan.






