Amerikalik baliqçilar Alyaskaning janubi-şarqida 180 kilogrammli paltus baliğini tutişdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Baliqning uzunligi 240 sm.ni taşkil qilmoqda.

Brayan Mettson va Dag Korl paltusni Day Spring kemasi bortiga çiğir yordamida kötarişdi. Mettsonning sözlariga köra, baliqning “oxiri körinmagan”, şunda ular paltusning kattaligini anglaşgan.

Baliqçilar paltusni Petersburg Fisheries Inc. baliqçilik kompaniyasiga yetkazişgan. Uni tomoşa qiliş uçun olamon yiğilgan.

Baliqning oğirligi rekord darajaga yetmagan. Çunki 1996 yilda Alyaskaning özida 210 kilogrammli paltus tutişgan edi.