Armanistonlik oğir atletikaçi Andranik Karapetyan Rio Olimpiadasidagi musobaqalar vaqtida oğir jarohat oldi va medal uçun kuraşdan çiqib ketdi. Sportçi ştangani tuşirayotganda uning tirsak böğimi orqa tomonga qayrilib ketdi.
20 yoşli sportçi 195 kg ni ştangani kötarib, uni tuşirayotganda tomoşabinlar qörqinçli qarsillagan ovozni eşitişgan, sportçining közidan esa oğriqdan yoşlar çiqib ketgan. Hattoki uning murabbiyi ham öz şogirdining qayrilib ketgan qölini körib qörqib ketgan.
Hozir sportçi murakkab tekşiruvdan ötişi kerak. Şifokorlar jarohatning xarakterini örganib, taşxis qöyişlari kerak böladi. Ta'kidlanişiça, hozirça armanistonlik sportçi öz sport faoliyatini davom ettira olişi haqida biror narsa aytiş qiyin.












