«Barselona» klubi har yili an'anaviy tarzda ötkazib kelinadigan Joan Gamper kubogi ğolibi böldi. Bu yilgi öyin «Barselona»ning Yevropa çempionlari kubogi finalida «Sampdoriya» ustidan qozonilgan ğalabasining 25 yilligiga bağişlandi.

Uçraşuv qahramoni Lionel Messi böldi: u birinçi gol urilgan vaziyatda jamoadoşi Luis Suaresga golli uzatma oşirdi, söngra ikki marotaba özi ham raqib darvozasini işğol qildi. Messi ikkinçi golini jarima nuqtasidan çiroyli tarzda kiritdi.

«Sampdoriya» safida Muriyel va Budimir öz hisoblariga bittadan töp yozib qöyişdi.

1997 yildan musobaqa mavsumoldi tayyorgarlik jadvali tiğiz bölgani sababli bir öyin tarzida taşkil etiladigan bölgan. Uşbu kubok «Barselona»ning afsonaviy prezidenti va asosçisi Joan Gamper şarafiga atalgan.

Joan Gamper kubogi. Örtoqlik uçraşuvi
Barselona (Barselona, Ispaniya) – Sampdoriya (Genuya, Italiya) – 3:2
Gollar: Suares, 16 (1:0); Messi, 21 (2:0); Murel, 23 (2:1); Messi, 34 (3:1); Budimir, 78 (3:2)

Barselona: Bravo, Roberto, Pike, Matyo, Din, Buskets, Rakitiç, Iniyesta, Messi, Suares, Turon
Zaxira: Ter Ştegen, Masip, Duglas, Denis, Maskerano, Samper, Munir, Alba, Gomeş, Vidal, Umtiti
Sampdoriya: Viviano, De Silvestri, Kastan, Regini, Eramo, Torreyra, Linetti, Şik, Muriyel, Kualyarella
Zaxira: Pujjoni, Totstso, Baretto, Alvares, Pereyyera, Palombo, Çigarini, Juriçiç, Şkrinyar, Budimir, Ivan.