XXR hukumati 2030-yilga kelib, tabiiy gaz importini 190-270 mlrd kub metrga yetkaziş niyatida. 2015-yilda bu raqam 53 mlrd kub metrni taşkil etgan edi. Bu haqda, Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi (CNPC) saytida xabar qilingan. 

«Xorijdan gaz xarid qiliş hajmini köpaytiriş bilan Xitoy yoqilğining ekologik tozaroq manbalariga ötiş imkoniga ega böladi. Bu jarayon, mamlakat sanoatini qayta şakllantiriş va iqtisodiyotni isloh qilişning muhim qismi hisoblanadi», — deyiladi CNPC xabarida.

Ekspertlarning fikriça, Xitoyning gaz importini köpaytirişiga Pekin va Vaşington örtasidagi kelişuv asos bölgan. Unga köra, tomonlar yaqin yigirma yilda is gazini çiqariş hajmini qariyb uçdan birga qisqartiriş majburiyatini olgan.