2016 yilning 10 avgust kuni Toşkent şahrida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma beş yilligi munosabati bilan “Gözal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!” ezgu ğoyasi ostida Yoş tadbirkorlar va fermerlar forumibölib ötdi. Unda davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, partiya Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi va deputatlik korpusi a'zolari, partiya “Yoşlar qanoti” faollari, respublikaning turli xududlaridan kelgan 200dan ortiq yoş tadbirkorlar va fermerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi. Bu haqda O‘zLiDeP Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forum Özbekistonda mustaqillik yillarida kiçik biznes va fermerlik harakatini rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan islohotlarning amaliy natijalarini va bu islohotlarning yaqqol samarasi sifatida mamlakatda yoş mulkdorlar qatlami – yoş tadbirkorlar va yoş fermerlarning avlodi şakllanganligini tarğib qiliş va yoş tadbirkorlar va fermerlar uçun muloqot maydonini yaratiş maqsadida taşkil etildi.
Bugun yurtimizda 88061 nafar yoş tadbirkor va minglab yoş fermerlar faoliyat yuritmoqda. Forumdoirasida ötkazilgan tadbirlarda yoşlarga oid davlat siyosati maqsadlarini hayotga tatbiq etib boriş, bunda yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etiş, yoş tadbirkorlar va fermerlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarinikengaytiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga oid qonunçilikni takomillaştiriş masalalari böyiça taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.
“Biznesda muvaffaqiyatga erişiş omillari” nomli mahorat darslarida ilğor tadbirkorlar va fermerlar tomonidan iştirokçilarga mahorat saboqlari berildi.
Şuningdek, forum doirasida Özbekiston yoş tadbirkorlar va fermerlari erişayotgan yutuqlar aks etgan fotokörgazma va ular işlab çiqarayotgan mahsulotlar namoyişi taşkil etildi.










